05:53 / 20.05.2015
1639

Yaponiya Ukrainaga 1,5 mlrd dollar kredit mablag‘lari ajratdi

Yaponiya Ukrainaga bir qator loyihalarni amalga oshirish uchun 1,5 mlrd dollar kredit mablag‘lari ajratdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyati bergan axborotda aytilmoqda.

Kelishuv Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Valeriy Chaliy va Yaponiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yasumasa Nagamine uchrashuvi natijalariga ko‘ra imzolandi.

Chaliy Yaponiya hukumatining Ukraina iqtisodiyotini baqarorlashtirish va islohotlar o‘tkazish uchun Ukrainaga 316,6 mln dollar miqdorida qo‘shimcha moliyaviy yordam ajratilishi haqidagi qarorini ijobiy baholadi.

Top