18:40 / 21.05.2015
2217

2015 yilning birinchi boshida “O‘zkimyosanoat”da 105 foiz o‘sish kuzatildi

2015 yilning yanvar-aprel oylarida “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida ishlab chiqarishning o‘sish sur'atlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 105 foizni tashkil qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilingan korxonalar ishi hisobotida aytib o‘tildi.

Keltirilishicha, hisobot davrida 688.1 mlrd so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridagi o‘sish sur'atlariga nisbatan 104.6 foizga ko‘pdir.

Bundan tashqari, 59.9 mlrd so‘mlik xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 106.3 foizga ko‘proq.
Shuningdek, 423.7 ming tonna mineral o‘g‘itlar, shu jumladan, 339.5 ming tonna azot, 42.8 ming tonna fosfor, 41.4 ming tonna kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqarilgan.

Top