15:31 / 21.05.2015
2362

2016 yil Paralimpiya O‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilarimiz soni 21 taga yetdi

Joriy yilning 10-17 may kunlari mobaynida Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon o‘yinlari va Chempionatida paralimpiyachi sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishgan edi. 2015 yil yo‘llanma beruvchi va reyting ochkolari o‘ynaladigan Paralimpiya halqaro musobaqalari hamda yuqorida qayd etilgan turnir hulosalariga asosan, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi yana ikki yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Suzish sportidan 1 yo‘llanma, yengil atletikadan 1 yo‘llanma.

Paralimpiya Terma jamoasida shu kunga kelib, dzyudodan 8 ta, yengil atletikadan 9 ta, suzishdan 3 ta va o‘q otish sportidan 1 ta, jami 21 yo‘llanma 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XV-Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar taxt qilib qo‘yilgan.

Top