18:52 / 21.05.2015
1955

Angliya ayollar terma jamoasi futbolchilari Shahzoda Uilyamning qizi uchun futbolka sovg‘a qilishdi

Shahzoda Uilyam va malika Keyt Middlton qiz farzand ko‘rishgani munosabati bilan hamon tabriklar olishmoqda. Gertsoginya Middlton oilaning Norfolkdagi shahar tashqarisidagi uyida qizchani parvarishlash bilan ovora bo‘lgan bir paytda, uning otasi – shahzoda Uilyam omma oldiga bir o‘zi chiqishga majbur bo‘lmoqda.

20 may kuni shahzoda Uilyam Staffordshirdagi “Sen-Djordj Park” stadioniga futbol bo‘yicha Angliya ayollar terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashish uchun keldi. Tadbir davomida ayol futbolchilar baxtli otani oiladagi ikkinchi farzand bilan tabriklashdi va kichik malikaga “1”raqami va “Sharlotta” ismi yozilgan futbolka tarzida noodatiy sovg‘a taqdim qilishdi.

Jamoa sardori Stef Xouton bilan suhbat chog‘ida shahzoda Uilyam unga ikkita farzandning otasi bo‘lish xush kelayotganini aytdi. “Shahzoda Uilyam menga yana bir bor ota bo‘lganidan behad xursandligini aytdi. Biroq hozirda bolalar tarbiyasida unda ba'zi “muammolar” yo‘q emasligini, Sharlotta kechalari chinqirib, Jorj (Uilyamning birinchi farzandi) esa bir joyda o‘tira olmasligidan “shikoyat qildi”, deb aytdi Xouton.

Ma'lumot uchun, malika Sharlotta 2 may kuni Londondagi Avliyo Mariya shifoxonasining Lingo Wing xususiy klinikasida dunyoga kelgandi.

Top