21:56 / 21.05.2015
4561

AQSh BAAning ikkita aviakompaniyasiga nisbatan sanksiya kiritdi

AQSh Moliya vazirligi BAAning ikkita kompaniyasiga nisbatan Eronga ishlatilgan samolyotlarni yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Al Naser Airlines va Sky Blue Aviation aviakompaniyalari Eronga nisbatan joriy qilingan amaldagi embargoni buzishda gumon qilinmoqda. Bu aviakompaniyalar Eronga yetkazib bergan samolyotlar 1997-2004 yillarda ishlab chiqilgan.

Aviakompaniyalarning AQSh banklaridagi hisob raqamlari muzlatib qo‘yildi, ularning AQSh hududidagi faoliyati taqiqlab qo‘yildi.

Top