11:49 / 21.05.2015
2786

AQShda avtobusda ketayotgan yo‘lovchilar poyezd bilan to‘qnashish arafasida qochib qolishga ulgurishdi

AQShning Atlanta shahrida poyezd temiryo‘l izlariga tiqilib qolgan avtobusni urib ketdi.

Katta tezlikda kelayotgan poyezdni ko‘rib avtobusdagi yo‘lovchilar sarosimaga tushib qolishgan. Odamlar shoshgandan eshiklarni ochish tugmalarini topolmay dovdirab qolgan haydovchiga eshiklarni ochishini so‘rab baqirishgan hamda eshiklar ochilgandan keyin shoshgancha avtobusdan sakrab tushib, uzoqroqqa qochishga harakat qilishgan.

Videoda poyezd katta tezlikda kelib avtobusga urilgani hamda haydovchi xonasi va salonni pachoqlab yuborgani aks etgan. Avtobus keskin aylanib, temiryo‘l izi chetiga chiqib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusdan chiqishga ulgurolmay qolgan haydovchi to‘qnashuvdan keyin avtobusdan uchib chiqqan, lekin u jiddiy shikastlanmagan. Yana 5 nafar yo‘lovchini esa shifoxonaga olib borishga to‘g‘ri kelgan.

Top