20:47 / 21.05.2015
6309

Bog‘dod dunyodagi terrorchilik xavfi eng yuqori shahar deb topildi

Bog‘dod dunyodagi eng yuqori darajadagi terrorchilik xavfiga ega shahar deb topildi. Bu haqda The Daily Telegraph nashri tomonidan chop etilgan dunyoning yuqori terrorchilik xavfiga ega shaharlari reytingi guvohlik bermoqda.

“Bog‘dod – hozirda duyoning eng xavfli shahari hisoblanadi. Terakt havfi katta bo‘lgan shaharlar reytingda birinchi yettita o‘rinni Iroq shaharlari egallagan. Ular orasida IShID tomonidan ushlab turilgan Mosul (2-o‘rin) va Ramadi (3-o‘rin) shaharlari ham bor”, deb yozmoqda nashr.

Umumiy hisobda dunyoning 64 ta shahari terrorchilik hujumiga uchrashi mumkin bo‘lgan “favqulodda xavfli” shaharlar deb topildi. Ulardan aksariyati Yaqin Sharqda (27 ta shahar), yana 19 tasi Osiyoda joylashgan.

Shu bilan birga, nashrning ko‘rsatishicha, terrorchilarning Parijning Charlie Hebdo hajviy gazetasi tahririyatiga uyushtirgan bosqinchiliklaridan keyin Yevropa shaharlarida ham terrorchilik hujumi xavfi keskin oshib ketdi.

Ushbu reytingga Lugansk (46-o‘rin) va Donetsk (56-o‘rin) shaharlari ham kiritilgan.

Top