18:06 / 21.05.2015
3123

Bryanskda 17 kishining hayotini olib ketgan avtohalokat yuzasidan qo‘zg‘atilgan ish yopildi

Rossiya politsiyasi Bryanskda sodir bo‘lgan va 17 kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘zg‘atilgan ishni yopdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

16 mart kuni Bryansk yaqinida Mercedes Sprinter mikroavtobusi Renault tirkamali yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan edi. Fojia natijasida 17 kishi halok bo‘lgan, ulardan 16 nafari chet el fuqarolari edi – mikroavtobus 18 nafar o‘zbekistonlik va tojikistonlik muhojirni olib ketayotgan edi.

Politsiya voqea yuzasidan jinoiy ish ochgan edi, ammo surishtiruv ishlarining dastlabki kunlaridayoq mikroavtobus haydovchisining rolda uxlab qolganligi aniqlanib, uning aybdorligi e'tirof etilgan edi.
Shu tariqa, ayblanuvchining o‘limi tufayli jinoiy ish yopildi.

Top