18:22 / 21.05.2015
5718

Eronlik harbiy amaldor Isroilga 80 mingdan ortiq raketalarni jo‘natishi bilan tahdid qildi

Eron general-mayori Yahyo Rahim Safavi Isroilning Tel-Aviv va Xayfa shaharlariga 80 mingdan ortiq raketalarni jo‘natishi bilan tahdid qildi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

«Eron maydalishishga qarshi (sionistlar va AQSh) qarshi zarba bera oladigan darajada kuchli davlat», deya ta'kidladi Savafi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning harbiy imkoniyatlari ko‘plab kuzatuvchilar ko‘z oldida sirli bo‘lib qolmoqda.

Bu Savafining Isroil mudofaa vaziri Moshe Yaalon may oyi boshida Quddusda so‘zlagan nutqiga javob sifatida yangradi. O‘shanda vazir Eron kabi tahdidlar qiladigan mamlakatlarga Isroil tegishli choralar ko‘rishini gapirib o‘tgandi. U bu o‘rinda AQSh prezidenti Garri Trumenning Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalari bo‘yicha qarorini misol sifatida keltirib o‘tgandi.

Bu eronliklarning Yaalonning chiqishiga bo‘lgan birinchi javobi emas. Oldinroq G‘ulom Ali Xushru Isroil mudofaa vazirining so‘zlarini tanqid qilib chiqqan va xalqaro tinchlikka va beayb fuqarolarga tahdid sifatida baholanishi lozimligini bildirgandi.

Top