21:52 / 21.05.2015
4002

Lavrov Moskvaning Iroqqa qo‘shimcha shartlariz qurol-aslaha yetkazib berishga tayyorligini ma'lum qildi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva Iroq bilan harbiy-texnik hamkorlikni hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz davom ettirishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Ba'zi davlatlardan farqli ravishda, biz Iroqqa qurol-aslaha yetkazib berishga tayyormiz va buni amalga oshirishda Iroq, Suriya va Misr terrorchilikka qarshi kurash frontining oldida ekanligini hisobga olib qandaydir shartlar qo‘ymaymiz”, deb aytdi Lavrov.

Lavrov, shuningdek, Rossiya Iroqning terrorchilar, jumladan IShID jangarilari bilan samarali kurash olib borishi uchun uning barcha ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga tayyorligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top