18:10 / 21.05.2015
1818

Leonid Fedun “Spartak” klubi rahbari lavozimidan ketayotganligini ma'lum qildi

Moskvaning “Spartak” futbol klubi egasi Leonid Fedun klub direktorlari kengashi raisi lavozimidan ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fedunning klub saytida joylashtirilgan bayonotida aytilgan.

“Spartak” uchun bor vujudim bilan samimiy qayg‘uraman va o‘rnimni professionallarga bo‘shatib berish fursati kelganligini tushunmoqdaman. Balki ular omadliroq va malakaliroq bo‘larlar hamda xalq klubini yangi unvonlarga olib kelishar”, deb aytmoqda Fedun.

Hozirda “Spartak” Rossiya chempionatining 28 turidan keyin musobaqa jadvalida 43 ochko jamg‘argan holda, 6-o‘rinda ketmoqda.

Fedun “Lukoyl” OAJning vitse-prezidenti, 2003 yildan beri “Spartak”ning egasi hisoblanadi. Uning rahbariyati ostida klub 5 marotaba Rossiya chempionatining kumush medallarini qo‘lga kiritgan. Uning tashabbusi bilan 2014 yil avgustda “qizil-oqlar”ning 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Otkrytiye-Arena” nomli yangi stadioni qurib bitkazilgan.

Top