“Maxsustrans” davlat ishlab chiqarish boshqarmasi aholi, tashkilotlar va korxonalardan qattiq maishiy chiqindilar va axlatlarni olib ketish xizmati uchun narxlarning 2015 yil 1 iyundan oshishini ma'lum qilmoqda.
Yangi narxlar quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Jismoniy shaxslardan maishiy chiqindilarni olib ketish uchun har bir kishiga bir oyda – 2800 so‘m.
2. Qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish:
byudjyet tashkilotlari va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlardan 1 m3 uchun – 33591,4 so‘m
3. Axlatlarni olib ketish uchun:
byudjyet tashkilotlari va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlardan 1 tonna uchun – 13449,4 so‘m
4. Chiqindilarni ortish stansiyalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod chiqindilarni ortish stansiyalaridan) “Oxangaron” axlatxonasigacha ND-310 mashinalari bilan olib ketiladigan chiqindilarning 1 tonnasi uchun haq 9343,1 so‘m qilib belgilandi.