08:38 / 21.05.2015
7647

Maykl Jyeksonning 17 yoshli qizi turmushga chiqmoqchi

Afsonaviy “pop qirol” Maykl Jyeksonning 17 yoshli qizi Peris Jyekson 18 yoshli futbolchi Chet Kastello bilan turmush qurmoqchi.

O‘tgan dam olish kunlari juftlikning Los-Anjyelesda sayr qilib yurgan onlari fotosuratchilar obektiviga muhrlandi.

Perisning nomsiz barmog‘idagi sirli uzuk fotosuratchilarning e'tiborini tortdi. Qiz qolgan boshqa turli bilakuzuklar, uzuklar bilan bu romantik uzukdan e'tiborni chalg‘itishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmadi.

Agar yoshlar haqiqatda nikoh qurishga ahd qilishgan bo‘lsa, unda ular Perisning amakisi, pop-qirolning akasi Jyermen Jyeksonning fotihasini olishlari kerak bo‘ladi. Jyermen Jyeksonning o‘zi jiyanining nikohiga izoh berishdan bosh tortdi, biroq jiyanining bunday yoshda ishqiy munosabatlar o‘rnatishiga qarshimasligini, “sevgi yosh tanlamasligini” aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda dunyo bo‘ylab nojo‘ya xabar tarqab o‘tgan edi. G‘arb OAVlarida Maykl Jyekson Perisning otasi emasligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Bundan xabar topgan Peris o‘zining joniga qasd qilmoqchi ham bo‘lgan.

Top