19:35 / 21.05.2015
2789

«O‘zbekenergo» iste'molchilarga elektr energiyani barqaror yetkazish uchun uskunalarni kapital ta'mirdan chiqarmoqda

«O‘zbekenergo» DAK iste'molchilarga elektr energiyani barqaror yetkazish uchun o‘z bo‘linmalarining uskunalarni kapital ta'mirdan chiqarayotganini ma'lum qildi.

“Elektr energiya uzatishda nosozliklar paydo bo‘lmasligining oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq olib borilmoqda”, deyilmoqda kompaniyaning UZ24 portaliga yo‘llagan maktubida.

Maktubda, shuningdek, elektr energiyaning cheklanishi “«O‘zbekenergo» DAK tomonidan tasdiqlangan cheklashlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi”. Bu jadvallar iste'molchilar va tuman elektr korxonalari bilan hamkorlikda tuziladi. So‘ngra ular mahalliy hokimiyat organlari va “O‘zbekenergo” tomonidan ma'qullanadi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, jadvallar yagona elektr energiya tarmog‘ida quvvat va energiya yetishmasligi kuzatilganda amalga kiritiladi.

Avvalroq UZ24 tahririyati “O‘zbekenergo”ga yoz mavsumida tokning tez-tez o‘chirilishiga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berishini so‘rab murojaat qilgandi.

Top