16:56 / 21.05.2015
2649

O‘zbekistonda davlat xaridlari to‘g‘risida qonun ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda moliya vazirligining rasmiy sayti axborot tarqatdi.

“Hozirgi vaqtda, BMT TDning "O‘zbekistonda Davlat moliyasini isloh qilish" loyihasi ko‘magida, idoralararo ishchi guruhi bilan birgalikda, mazkur qonun loyihasini ekspertizadan o‘tkazish uchun jalb qilingan halqaro ekspertidan olingan e'tiroz va takliflarni inobatga olgan holda, "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, – deyiladi xabarnomada.

Qonun loyihasining maqsadi byudjyet tizimi byudjyetlari mablag‘lari hisobidan kontraktlarni shakllantirishda, joylashtirishda va bajarishda tizimli yondashishni amalga oshirish hisobiga davlat ehtiyojlarini sifatini ta'minlashni yanada oshirish, davlat xaridlari bosqichlarini shaffofligini ta'minlash, korruptsion harakatlarning va davlat ehtiyojlarini ta'minlash sohasida boshqa suiiste'mol qilinishining oldini olishdir.

Idoralararo ishchi guruhi tomonidan, yuqoridagi qonun loyihasini ishlab chiqishda taqdim etilgan e'tiroz va takliflarni hamda qo‘shimchalarni umumlashtirish, mazkur qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqish maqsadida, qoida tariqasida har hafta davomida zaruriyat tug‘ilgan hollarda, yig‘ilishlar o‘tkazib borilmoqda.

Top