13:54 / 21.05.2015
6158

O‘zbekistonning eng yaxshi tergovchilari aniqlandi

An'anaga binoan har yili tergov tizimi xodimlari orasida «Eng yaxshi tergov jamoasi», «Eng yaxshi tergovchi» ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi. Joriy yilda tanlovning hududiy bosqichlarida ishtirok etgan 50 nafarga yaqin tergovchi respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

19 may kuni ushbu ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar ko‘­rik-tanlovning sport yo‘nalishi shartlarini bajarish uchun Toshkent shahar IIBBga qarashli sport majmuasiga yig‘ilishdi. Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar turnikda tortilish, 100 va 3000 metrga yugurish, o‘q otish va qo‘l jangi shart­larini bajargach, test savollariga javob berib, suhbatdan o‘tishdi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, «Eng yaxshi tergov jamoasi» nominatsiyasida Navoiy viloyati IIB tergov jamoasi birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. «Eng yaxshi tergovchi» nominatsiyasida Xorazm viloyati Urganch shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi, leytenant Yusupjon Yusupov birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. 

Top