08:34 / 21.05.2015
1991

Solomon orollari yaqinida 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi

21 may kuni Tinch okeanidagi Solomon orollari yaqinida 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi.

Zilzila markazi Lata shahridan (Solomon orollaridagi shahar) g‘arbga tomon178 kmuzoqlikda, o‘chog‘i10 kmchuqurlikda joylashgan.

Tsunami xavfi, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar olinmagan.

Solomon orollari Tinch okeanida Papua-Yangi Gvineya yaqinida joylashgan 10ta yirik va ko‘plab mayda orollardan tashkil topgan orollar guruhidir. Aholisi 520 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Top