14:44 / 21.05.2015
2350

Tatariston karate federatsiyasi prezidenti yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi

Tatariston karate federatsiyasi prezidenti Iskandar Shahin Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Rossiya yoshlar va sport ishlari bo‘yicha vaziri matbuot kotibining so‘zlariga qaraganda, u shogirdlarini Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan mamlakat birinchiligiga olib ketayotgan bo‘lgan. Tatariston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Andrey Rodigin uning halok bo‘lganini ma'lum qildi.
Aytilishicha, halokatda yordamchi haydovchi, 12 yoshli sportchi qiz Iskandar Shahin halok bo‘lgan. Shuningdek, 17 kishi jarohatlangan bo‘lib, ulardan 10 nafar bolalardir.

Top