23:18 / 21.05.2015
3145

Turkiyaning Hurriyet gazetasi mamlakat prezidentini haqoratlagani uchun 8 ming dollar jarimaga tortildi

Anqara sudi Hurriyet gazetasidan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqoratlagani uchun jarima sifatida 8 ming dollar undirish hukmini chiqardi.

Sudning aytishicha, gazetada prezident haqida chop etilgan maqolaning muallifi Mexmet Yilmaz prezidentning shaxsiy huquqlariga tajovvuz qilgan. Gap 2014 yilning 25 avgustida chop etilgan maqola haqida ketmoqda. Unda Erdo‘g‘an korrupsiyada ayblangan edi.

Top