19:04 / 21.05.2015
6093

Xitoy bozorida qalbaki guruch paydo bo‘ldi

Xitoyning Shansi viloyatida joylashgan Tayyuan shahrida sotuvda qalbaki guruch paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Shanghaiist nashri.

Qalbaki guruch donlari kartoshka va sun'iy rezinadan tayyorlangan.

Nashrning ta'kidlashicha, xitoylik ekspertlar sun'iy guruchning ozuqa sifatida iste'mol qilinishi insonning ovqat hazm qilish tizimiga katta ziyon keltirishi haqida bayonot berishgan.

Bunday guruchdan tayyorlangan sho‘rva yongan plastmassa ta'mini beradi, guruch donlari esa qisman noorganik strukturaga egaligi sababli yumshamaydi.

Bir qator Osiyo davlatlari OAVlarida ayni paytda bunday qalbaki guruch Hindiston, Vetnam va Indoneziya bozorlariga chiqarilgan bo‘lishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Singapur va Malayziya amaldorlari bu ma'lumot ishonchsizligini va tekshirilishi lozimligini aytishgan.

Top