22:45 / 21.05.2015
3301

Xitoy hukumati mamlakatdagi internet tezligini oshirish uchun 182 mlrd dollar ajratadi

Xitoy hukumati yaqin ikki yil ichida mamlakatdagi internet sifatini yaxshilash uchun 182 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Xitoy davlat muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisining internetga chiqishini ta'minlash uchun joriy yilda 69,3 mlrd dollar ajratiladi. 2016 yilda shu maqsadda 112,8 mlrd ajratiladi.

Ajratilgan mablag‘lar optik-tolali keng polosali aloqa va yuqori tezlikdagi 4-chi avlod mobil tarmoqlarining rivojlanishini tezlashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.

Top