15:38 / 21.05.2015
8741

Yulduz Usmonova geroin bilan qo‘lga tushgani haqidagi xabarni inkor qildi

O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova Asia Plus nashriga bergan intervyusida geroin bilan qo‘lga tushgani haqidagi xabarni inkor qildi.

Ma'lumki, bir muddat oldin tojikistonlik jurnalistlar Yulduz Usmonovaning geroin olib ketayotganida qo‘lga tushgani haqidagi xabarni tarqatgan edi. Xonanda bu boradagi gap-so‘zlarga chek qo‘yishga qaror qildi.

“Bu gazeta bizning jurnalistlarimizdan birining qo‘liga tushib qoldi, u yerda juda xunuk sarlavha qo‘yilgan ekan – “Yulduz Usmonova geroin bilan qo‘lga tushdimi?”; jurnalistimiz mendan bu haqda so‘ray boshladi, shundan so‘ng biz javob berishga qaror qildik, – uning so‘zlarini keltiradi gazeta. – Tushunaman, shovshuvli sarlavhalar kerak, lekin, do‘stlar, jurnalist ahloqini unutmang. O‘zlaringizni qahramonlaringiz o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Shaxsan menga bu juda og‘ir botdi. Men Marsdan tushmaganman, yaxshi bilaman, ayrim jurnalistlar shovshuv yo‘lida mutlaqo ishonchsiz manbalardan ham foydalanishi mumkin. Sizdagi (ya'ni Tojikistondagi) yana bir nashr mening 6 yil muqaddam VIPzone jurnaliga bergan intervyuimni go‘yoki yangi material deb ko‘rsatishga harakat qilgandi. Muxlislarimga noto‘g‘ri axborot yetkazish nima kerak? 2009 yildan buyon tojik jurnalistlariga hech qanday intervyu bermaganligimni rasman e'lon qilaman. Asia Plus bundan mustasno”.

Top