19:03 / 22.05.2015
2414

2014 yilda Samarqandga 160 ming turist tashrif buyurdi

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Samarqand mintaqaviy bo‘linmasi boshqaruvchisi Ilhom Suvonovning so‘zlariga qaraganda, 2014 yilda Samarqand viloyatiga 160 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Samarqand shahridan tashqari, sayyohlar Urgut, Paxtachi, Samarqand tumanlaridagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishgan.

“Ayni kunlarda viloyatda 90dan ortiq zamonaviy mehmonxonalar mavjud bo‘lib, ular bir paytning o‘zida 40 ming kishini qabul qila oladi. Shuningdek, 70dan ortiq turistik firmalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda”, – Suvonovning so‘zlarini keltiradi “O‘zbekiston” axborot agentligi.

“2014 yilda 100 mingdan ortiq chet ellik va 60 ming ichki sayyohlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 34 mlrd so‘mdan oshib ketdi”, – qo‘shimcha qildi mintaqaviy bo‘linma rahbari.

Top