19:42 / 22.05.2015
1947

Berluskoni Instagramda rasmiy akkaunt ochdi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 20 may kuni Instagramda ro‘yxatdan o‘tdi.

Ayni vaqtda uning rasmiy akkaunti @SilvioBerlusconi2015 hisoblanadigan akkauntida 16 ming obunachi yig‘ilgan.

Uch kun davomida ushbu siyosatchining akkauntiga 69ta surat joylashtirilgan. Bu suratlarda Berluskonining shaxsiy hayoti hamda ish faoliyati holatlari aks etgan.

78 yoshli Berluskoni o‘z obunachilariga suratlar orqali Rim shahridagi Palazzo Grazioli nomli villasini, 29 yoshli sevgilisi Francheska Paskaleni hamda pudel zotiga mansub sevimli kuchugini namoyish etgan.

Ma'lumot uchun Silvio Berluskoni 1994-1995, 2001-2005, 2005-2006 va 2006-2011 yillar davomida Italiya hukumatida vazirlar kengashi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U yirik mediamagnat hamda Italiyaning eng badavlat kishilaridan hisoblanadi. Berluskoni Fininvest kompaniyasi aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiladi.

Top