23:02 / 22.05.2015
6031

Cho‘lpon Xamatova Putinning saylovoldi roligida shifoxona olish evaziga suratga tushgan

Rossiyalik aktrisa Cho‘lpon Xamatova 2012 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning saylovoldi roligida yangi shifoxona qurilishi evaziga suratga tushgan. Bu haqda Xamatova Postimees nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Jurnalistning Cho‘lponga ayni kunda ham saylovoldi roligida tushish taklifi tushganda, u bu taklifni qabul qilarmidi, degan savolga javoban aktrisa “Agar yana bitta shifoxona quriladigan bo‘lsa, qabul qilardim. Men yana xuddi shunday qilgan bo‘lardim”, deb aytdi.

Xamatovaning fikricha, oq va qoraga ajratish mavjud emas, biroq yaxshi va yomon qilmishlarga ajratish mavjud. “Mening davlatim ko‘p yaxshi ishlar qiladi. Shu davlatimning o‘zi qo‘rqinchli, dahshatli, qayg‘uli, qabih ishlarni ham qiladi. Va men uning yaxshi ishlari uchun unga doim minnatdorchilik bildirishga tayyorman”, deb aytdi akstrisa.

2012 yilda Xamatova “Nika” mukofotini olayotib uning Putinni qo‘llab-quvvatlovchi rolikdagi ishtiroki haqidagi Kseniya Sobchakning savoliga javob bermagan edi.

Top