17:18 / 22.05.2015
1931

Litva prezidenti Boltiqbo‘yining “temir xonimi” deb ataldi

Litva prezidenti Dalya Gribauskayte Boltiqbo‘yining “temir xonimi”ga aylandi, deb yozadi Politico gazetasi. Maqolada ta'kidlanishicha, Gribauskaytening qattiqqo‘lligi, uning yopiq hayot tarzi, ikir-chikirlarigacha ishlab chiqilgan jamoatchilik oldidagi fe'l-atvori va Sovet davrini muhokama qilishdan bosh tortishi jurnalistlar, tahlilchilar, tarixchilar va Rossiyaning “asabiga tegmoqda”.

Ta'kidlanishicha, oxirgi yil davomida Gribauskayte Rossiyani hammadan ko‘ra ko‘proq tanqid ostiga olgan. Prezidentning bu xatti-harakatlari uni Rossiya uchun “nishon”ga, Ukraina va Litva uchun esa qahramonga aylantirdi.

Litva bosh vaziri Andryus Kubilyusning so‘zlariga qaraganda, Gribauskayte xonim G‘arbning “tinchlikparvar tili” va Ukrainaga qurol-yarog‘ jo‘natmasligini qat'iyatning kamligi deb baholaydi. Shu bois u chet elda “temir magnoliya” deb ataladi.

Top