15:19 / 22.05.2015
2051

McDonald's “press-masxaraboz” Ronald Makdonalddan voz kechmaydi

AQShning McDonald's restoranlar tarmog‘i Ronald Makdonaldni “ishdan bo‘shatmaydi”. The Washington Post gazetasining yozishicha, ayrimlar ushbu personajdan voz kechishga chaqirganiga qaramay, kompaniya bosh direktori Stiv Isterbruk aksiyadorlarni “press-masxaraboz” o‘z o‘rnida qolishidan boxabar etgan.

Aktsiyadorlarning an'anaviy yillik uchrashuvi Illinoys shtatidagi Ouk-Bruk shahrida bo‘lib o‘tdi. Nashrning ta'kidlashicha, Isterbrukning bayonoti iliqlik bilan qarshi olingan.

Ronald Makdonald 1960 yillardan buyon kompaniyaning ramzi hisoblanadi. Kompaniyaning ayrim mutaxassislari uning o‘rniga gamburgerlar o‘g‘risi personajini taklif qilishgan, negaki u ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga ma'qul tushgan.

Top