18:48 / 22.05.2015
5136

Nazarboyev navbatdagi global giberinqirozni bashorat qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev VIII Ostona iqtisodiy forumidagi chiqishida butun jahon ilm ahlini xalqlar va davlatlarni yaqinlashayotgan halokatdan asrab qolishga chaqirdi.

“Ostona iqtisodiy forumi o‘z vaqtida 2008 yili boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga javoban yuzaga kelgan edi, – uning so‘zlarini keltiradi Nur.kz portali. – Inqiroz jahon iqtisodiyotining 80 foiziga ta'sir o‘tkazdi, shu paytgacha jahon iqtisodiyoti ilgarigi o‘sish suratlariga qayta olgani yo‘q”.

Shuningdek, ko‘pchilik mutaxassislar turbulentlik deb baholayotgan holat aslida global inqirozning keyingi bosqichiga o‘tish ekanligini ta'kidladi. Va, davlat yetakchisining fikricha, u moliyaviy bosqichdan noqonuniy sanksiyalar qiyofasida valyutalar urushi bosqichiga ko‘chib bo‘ldi.

“Yaqin Sharqdagi – Suriya, Afg‘oniston, Livandagi inqrozli vaziyatlar ham shuning oqibatidir, – qo‘shimcha qildi u. – U G‘arbning Sharqqa, AQSh va NATOning Rossiya va Xitoyga qarshi kurashini keltirib chiqarmoqda. Agar biz gapirayotgan inqiroz global giperinqiroz bosqichiga o‘tsa-chi? Shu bois biz jahon ilmining eng yaxshi vakillari bilan birgalikda xalqlar va davlatlarni kelayotgan halokatdan saqlab qolishimiz kerak”.

Eslatib o‘tamiz, VIII Ostona iqtisodiy forumida jahonning 90 mamlakatidan tashrif buyurgan 3 ming delegat ishtirok etmoqda.

Top