18:54 / 22.05.2015
5559

«Novyy vek» gazetasi litsenziyasi bekor qilindi

20 may, chorshanba kuni Toshkent shahar xo‘jalik sudi tomonidan «Novyy vek» gazetasi litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda Anhor.uz nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xulosasiga ko‘ra, «2013-2014 va 2015 yillarda gazeta monitoring qilinganida qabul qilingan mamlakat qonunlari va qonunchiligiga zid bo‘lgan maqolalar gazeta sahifalarida chop etilgani uchun» shunday qarorga kelingan.

Agentlik xulosasida «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi, «Reklama to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risi»dagi bir qator Qonunlarning buzilishi bo‘yicha misollar ko‘rsatib o‘tilgan.

Top