15:07 / 22.05.2015
1617

O‘zbekiston TIVda Hindiston elchisi qabul qilindi

2015 yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumarni qabul qildi.

Uchrashuvda elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.


Ta'kidlanganidek, muntazam ravishdagi oliy darajadagi O‘zbekiston-Hindiston muloqoti davlatlararo aloqalarning izchil rivoji uchun asosiy omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni ko‘rib chiqildi.


BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top