17:04 / 22.05.2015
2314

Jizzaxda nogironlik haqida soxta hujjatlar tayyorlab bergan shifokorlar guruhi fosh qilindi

Jizzaxda nogironlik haqida soxta hujjatlar tayyorlab bergan shifokorlar guruhi fosh qilindi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida yoritildi.

Ma'lum bo‘lishicha, shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli rejali xirurgiya bo‘limi mudiri Farhod Dushanov, tuman tibbiyot birlashmasi arxiv mudirasi Muhabbat Hotamova, shu birlashmaga qarashli markaziy poliklinika travmatolog-shifokori Marat Holmatov va travmatolog-ortopedi Sindor Karimqulovlar ko‘pdan buyon bunday ish bilan shug‘ullanib kelgan.

Jumladan, Dushanov fuqaro X. Murodovaning qizi Ch. Sa'dullayevani nogironlikka chiqarish uchun bo‘limda statsionar yotib davolangani haqida soxta tabbiy bayonnoma tuzib bergan, buning evaziga undan 100 ming so‘m olgan.

M. Holmatova esa nogironlik to‘g‘risida ma'lumotnoma tayyorlab berish evaziga Murodovadan yana 200 ming so‘m olgan. O‘z navbatida, Holmatov ambulator kartasiga soxta ma'lumotlar kiritish uchun 50 ming so‘m tama qilgan.
Ushbu jinoiy guruh fosh etilib, sudga tortildi.

Top