15:48 / 23.05.2015
1807

“Milan” Anchelottiga transferlar uchun 150 mln yevro ajratishga tayyor

“Milan” futbol klubi Karlo Anchelottini klubga qaytishga ko‘ndirish uchun unga katta miqdordagi transfer byudjyetini taklif qilishga tayyor.

“Milan”ning osiyolik sarmoyachilari yozgi mavsumda jamoaning tarkibini kuchaytirish uchun 150 mln dollar ajratishga tayyor. “Rossonerlar”ning transfer nishonlari ro‘yxatiga “Monako” hujumchisi Radamel Falkao, “Torino” himoyachisi Matteo Darmian hamda “PSJ” hujumchisi Zlatan Ibroximovichlar kiritilgan.

Ma'lum qilinishcha, Anchelotti “Real” bilan shartnomani tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qiladi.

Top