14:38 / 23.05.2015
1825

Fransiya U-17 finalda germaniyaliklarni mag‘lub etib, Yevropa chempioniga aylandi

Bolgariyada futbol bo‘yicha o‘smirlar (U-17) o‘rtasidagi Yevropa chempionati o‘z yakuniga yetdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Fransiya o‘smirlar terma jamoasi germaniyalik tengqurlarini 4:1 hisobida mag‘lub etishdi. Eduarning xet-trigi Fransiya o‘smirlarining shohsupaga ko‘tarilishini ta'minladi.

O‘yinda Germaniya terma jamoasining yagona javob to‘pini Karakas kiritdi. E'tiborga molik jihati shundaki, mashhur Zinedin Zidanning o‘g‘li Luka Zidan Fransiya o‘smirlar terma jamoasining asosiy darvozaboni bo‘lib, Belgiyaga qarshi kechgan yarim final uchrashuvida o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 3ta zarbani qaytarib, qahramonga aylangan edi.

Top