18:16 / 23.05.2015
1506

Luis Enrike o‘zining “Barselona”dagi kelajagini mavsumdan keyin muhokama qilishini aytdi

“Barselona” futbol jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike shu yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi gaplarga izoh berib o‘tdi.

“Hech narsa aytolmayman. Hozirda mening fikru xayolimni oldindagi finallar egallagan, shuning uchun mening kelgusi faoliyatimni mavsumdan keyin muhokama qilamiz.

Men jamoa rahbariyati bilan keyingi mavsum borasida hali gaplashmadim”, deb aytdi Enrike.

Eslatib o‘tamiz, 45 yoshli mutaxassis bilan jamoa o‘rtasidagi shartnoma 2016 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan.

Top