"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi "Deportivo" bilan o‘yin arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xavining jamoani tark etishi bo‘yicha berilgan savollarga ham javob berdi.
"Endilikda Xavi hayot haqiqati bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Endi u Qatarda o‘ziga qovun yoki tarvuzni yumalatgandek uzatilgan paslarni qabul qilishga majbur bo‘ladi", deydi murabbiy.