11:26 / 23.05.2015
4353

Pxenyanda Koreyaning birlashishini qo‘llab-quvvatlovchi marsh boshlandi

KXDR poytaxti Pxenyan shahrida Koreya yarimorolida yagona davlat bo‘lishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro ayollar tashkiloti tomonidan marsh o‘tkazilmoqda. Bu haqda TASS xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, 15ta davltadan kelgan 30 nafarga yaqin ayol bu marshda ishtirok etmoqda.

Bu marosimning ochilish marosimida Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati bo‘lgan Meyrid Maguayr (U 1976 yilda Shimoliy Irlandiyadagi ziddiyatning hal qilinishiga o‘z hissasini qo‘shgan) ham qatnashgan.
U o‘z nutqida ikki koreys davlati ayollari yagona davlatda yashashini istashini ma'lum qilib o‘tgan. Marosim "Yagona Koreya" musiqasi sadolari ostida o‘tkazilgan.

Ochilish marosimidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi betaraf hudud tomon yurish boshlangan. Huquq faollari chegarani kesib o‘tib, Janubiy Koreya hududiga kirishni mo‘ljallashgan.

Top