11:12 / 23.05.2015
3394

Turkiya Suriya bilan chegaraga harbiy texnikalarini joylashtirdi

Turkiya qurolli kuchlari Suriya bilan chegaraga zirhli texnikasini joylashtirmoqda. Bu haqda Dogan agentligi xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, 15 transport vositasi chegaradan 30 km masofadagi Mardin shahri bo‘ylab joylashtirilgan.

Harbiy yuk mashinalari tanklar va gaubitsalarni manzil tomon yetkazishmoqda. Shuningdek harbiy yuklarni qurolli guruh qo‘riqlab bormoqda.

Chegarada vaziyat keskinligicha qolayotgan bo‘lib, Turkiyaga qochoqlar kelishda davom etmoqda. Bundan tashqari Turkiya hududidan noqonuniy yo‘llar orqali sigaret, yoqilg‘i va boshqa tovarlarni olib o‘tishga urinish hollari uchramoqda. Oxirgi oylarda harbiylar bir necha yuzlab kontrabandachilarni qo‘lga olgan.

Top