19:33 / 23.05.2015
2231

Yaponiya bosh vaziri Chernobil AESiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Ukrainaga safari chog‘ida Chernobil atom elektr stansiyasiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Yaponiya bosh vaziri Ukrainaga Germaniyada 7-8 iyun kunlari o‘tadigan “Katta yettilik” (G7) sammiti doirasida tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Agar Abe Ukrainaga keladigan bo‘lsa, unda u 29 yil avval AESlar orasida eng yirik avariya sodir bo‘lgan Chernobil AESiga ham tashrif buyuradi.

Avvalroq ushbu AESga Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida tashrif buyurgan edi. 2012 yilda Yaponiya parlamenti tomonidan Ukraina va Yaponiya o‘rtasida AESlarda avariyalar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida do‘stona aloqalarni chuqurlashtirish haqida rezolyutsiya qabul qilingandi.

Top