11:27 / 24.05.2015
2801

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida o‘nga yaqin politsiyachi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning G‘ilmon viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 10 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda hamkorlikdagi muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i Muhammad Ismoil Xotakiy xabar berdi.

Xotakiy bergan ma'lumotlarga ko‘ra, jangarilar Sangin yaqinidagi politsiya nazorat punktiga hujum qilgan. Jangarilar tomonidan yana 3 nafar politsiyachi asirga olingan.

Hujumda ko‘p sondagi jangarilar ishtirok etgan. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar 24 may kuni ham hujumni davom ettirishlari mumkinligi aytilmoqda.

Top