21:39 / 24.05.2015
2224

Dide Drogba mavsum yakunlangandan keyin “Chelsi”ni tark etishini ma'lum qildi

Londonning “Chelsi” jamoasi hujumchisi Dide Drogba Angliya chempionatining so‘nggi turida o‘tkaziladigan “Sanderlend”ga qarshi uchrashuv jamoa safidagi o‘zining oxirgi uchrashuvi bo‘lishini ma'lum qildi. Bu haqda jamoaning saytida xabar berilmoqda.

Biroq hujumchi faoliyatini yakunlash niyatida emasligini ta'kidlab o‘tdi. “Men kamida yana bir yil o‘ynamoqchiman, biroq buning uchun men jamoani almashtirishim kerak. Barcha mening “Chelsi”ni juda yaxshi ko‘rishimni biladi, shuning uchun men klubga kelajakda boshqa rolda qaytishimga umid qilaman”, deb aytdi Drogba.

“Chelsi” va “Sanderlend” o‘rtasidagi uchrashuv 24 may kuni “Stemford Brij” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

37 yoshli kod-d-ivuarlik futbolchining jamoa bilan shartnomasi shu yozda nihoyasiga yetadi.

Drogba “Chelsi” safida 2004-2012 yillar davomida to‘p surgan va mavsum boshidan oldin klub safiga yana kelib qo‘shilgan. Hujumchi jamoa tarkibida 253 ta o‘yinda 104 ta to‘p urishga muvaffaq bo‘lgan.

Top