08:10 / 24.05.2015
2562

Hindistonda 150 nafardan ortiq kishi issiq harorat qurboniga aylandi

Hindistonning janubiy shtatlari Andxra-Pradesh va Telanganda hukm surayotgan issiq havo qurbonlari soni 150 nafardan oshib ketdi

NDTV telekanalining xabar berishicha, issiq havo tufaydi Telangan shtatida 73 kishi, Andxra-Pradesh shtatida 80 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati boshpanasiz odamlarni tashkil qilmoqda.

Meteorologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda issiq havo ko‘tarilishda davom etadi. Issiqdan aziyat chekayotgan shtatlar hukumati odamlarga ehtiyot choralarini ko‘rishni hamda iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikni maslahat bermoqda.

40 gradusdan baland harorat yilning bu paytida Hindistonning ko‘plab shtatlari uchun xosdir. Bu yerlarda hududlarga qarab martdan iyungacha quruq havo kuzatiladi, so‘ngra u yomg‘irlar mavsumi bilan almashadi. Asosan aprel va may oylari odatda juda quruq va issiq keladi.

Top