12:17 / 24.05.2015
4333

Ikki Koreyaning birlashishi tarafdorlari bir davlatdan ikkinchiga davlatga marsh uyushtirishdi

24 mayda ertalabki payt turli davlatlardan tashrif buyurgan faol ayollar Koreya yarimorolidagi qurollardan xoli bo‘lgan hududni kesib o‘tishdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

15ta davlatdan 30 nafar faol ayollardan tashkil topgan guruh Shimoliy Koreyadan qurollardan xoli bo‘lgan hudud orqali Janubiy Koreyaga 1950 yilda boshlangan va 1953 yilda yakunlangani rasman e'lon qilinmagan Koreya urushining tugallanganligi munosabati bilan yurish o‘tkazishdi. Yurishda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Zimbabve, Kolumbiya, AQSh, Shvetsiya va Yaponiya vakilalari ishtirok etishdi.

Biroq AQShda ikkala Koreyaning birlashishi istiqbolidan uncha ham xursand bo‘lishmayapti. Agar Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasida tinchlik sulhi imzolansa, bu Vashington uchun Janubiy Koreya hududida 28 ming harbiy xizmatchini joylashtirish hamda Seulga Shimoliy Koreyadan himoyalanish uchun katta miqdorda qurol-aslaha savdosidan voz kechilishini anglatadi.

Yurish paytida faollarni 300 nafardan ko‘proq koreyaliklar qo‘llab-quvvatladi. Ayollar “Koreya birdam” degan qo‘shiqni kuylashdi. Qo‘shiq omma tomonidan iliq kutib olindi.

Top