23:51 / 24.05.2015
1713

Politsiya Klivlendda 70 dan ortiq namoyishchini hibsga oldi

Klivlend politsiyasi ikki nafar afroamerikalikning qotilligida gumon qilinayotgan politsiyachiga sud tomonidan oqlov hukmi chiqarilgandan keyin ro‘y bergan norozilik namoyishlarining 71 ishtirokchisini hibsga oldi.

Politsiya boshlig‘ining aytishicha, hibsga olishlar tinch o‘tayotgan namoyish xavfli tus olishni boshlagandan keyin amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, politsiya qonun chegarasidan chetga chiqmayotgan namoyishchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Top