Futbol bo‘yicha Angliya chempionatida “Xall Siti” jamoasi mavsum yakuniga ko‘ra Premer-ligani tark etadigan bo‘ldi. “Yo‘lbarslar” so‘nggi turda “Manchester Yunayted”ni yuta olmadilar (0:0) va 18-o‘rinni egallagan holda quyi divizion –Chempionshipga tushib ketdilar.
“Nyukasl” jamoasi “Vest Xem” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, 15-o‘ringa ko‘tarilib oldi hamda Angliya oliy divizionida o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
Shuningdek, “Bernli” va “KPR” jamoalari ham Premer-ligani tark etdilar.