01:00 / 24.05.2015
3267

Xavi "Nou Kamp"dagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi

Ispaniya chempionatining 38-turida "Barselona" o‘z uyida "Deportivo"ga qarshi maydonga tushdi. 

Mezbonlar yarim himoyachisi Xavi "Nou Kamp" stadionida "Barselona" tarkibidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. 

Futbolchi joriy mavsum tugagach, Qatarning "Al Sadd" jamoasi tarkibiga o‘tishini ma'lum qilgan edi.

Uchrashuvdan so‘ng Xavi o‘zining xayrlashuv so‘zlarida Chempionlar ligasidagi g‘alabani "Nou Kamp"da muxlislar bilan nishonlashini aytdi. 

"Barchasi uchun sizlarga katta rahmat. Men bugun dunyodagi eng baxtli insonman. Men bu yerda 17 yil to‘p surdim. Bu dunyoning eng yaxshi klubi. Bizga yana ikki kubok - Ispaniya kubogi hamda Chempionlar ligasi kubogi zarur. Chempionlar ligasidagi g‘alabani shu yerda, "Nou Kamp"da sizlar bilan birga nishonlaymiz.

Oilamga, turmush o‘rtog‘imga, do‘stlarimga, shuningdek, bugun "Nou Kamp"ga tashrif buyurgan barchaga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman", – dedi Xavi. 

Top