09:44 / 24.05.2015
3287

Yamanda Saudiya Arabistoniga tegishli qiruvchi samolyot qulab tushdi

Yaman poytaxti Sano shahri yaqinida Saudiya Arabistoniga tegishli F16 qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda Yaman Post nashrining tvitteri orqali xabar tarqatilgan.


Qayd qilinishicha, bu samolyot Bani Naret shahri yaqinida qulagan.
Hodisa tafsilotlari ma'lum qilinmagan. Hozircha bu samolyot uchuvchisining taqdiri haqida ham aniq ma'lumotlar yo‘q.


Xabar qilinishicha, husiychilar bu samolyot ichidan va va u qulagan joy atrofidan portlamay qolgan bir necha raketani topishgan.

Tvitterdagi xabarda suratlar ham keltirilgan va suratlardan birida samolyotning yon tomoinga "Saudiya Arabistoni Qirolligi Harbiy-havo kuchlari" yozuvi bitilgani ko‘rinadi.

Top