11:49 / 24.05.2015
1577

Jyek Uilshir "Arsenal"dan boshqa jamoaga ketishni istamasligini aytdi

"Arsenal” klubi yarim himoyachisi Jyek Uilshir o‘zini boshqa jamoada tasavvur ham qila olmasligini aytib o‘tdi.

“Agar “Arsenal” meni sotishga qaror qilsa, xafa bo‘laman. Men jamoa uchun foydali futbolchiga aylanmoqchiman. Agar foydasiz futbolchiga aylanib qolsam, bu men uchun juda og‘ir.

O‘zimni boshqa jamoada tasavvur qilolmayman. Bir paytlar “Bolton”da ijarada to‘p surganman, o‘shanda juda qiynalganman”, - deydi Uilshir.

Ma'lumot uchun, Uilshir joriy mavsumda jarohatlar tufayli atigi 20ta o‘yinda maydonga tushdi hamda bir gol va bir golli uzatmani amalga oshirdi.

Biroz oldinroq, bu futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" jamoasi tomonidan qiziqish mavjudligi xabar qilingandi.

Top