12:12 / 25.05.2015
1884

“Anji” va “Krylya Sovetov” jamoalari Rossiya Premer-Ligasiga yo‘llanma olishdi


Futbol bo‘yicha Rossiya 1-divizionida ishtirok etayotgan Maxachqalaning “Anji” va Samaraning “Krylya Sovetov” jamoalari “Tosno” jamoasi “Volgar”ni yuta olmagandan keyin (0:0) Rossiya Premer-Ligasida keyingi mavsumda ishtirok etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Oliy ligaga 3-yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun “Tosno” va “Tom” klublari o‘zaro bellashadi.

Top