11:05 / 25.05.2015
2595

9 dollarlik kompyuter ishlab chiqarish uchun pul to‘planmoqda

Kickstarter saytida ishlab chiqaruvchilar C.H.I.P. rusumli yangi kompyuter loyihasini taqdim etdilar. Ta'kidlanishicha, ushbu kompyuterning narxi 9 dollarni tashkil qiladi.
“C.H.I.P. barcha kompyuter qiladigan ishni bajara oladi”, – deb ishontirmoqda loyiha mualliflari. Unga simsiz sichqoncha, klaviatura, ekran ulash, u orqali internetga chiqish, fayllarni saqlash mumkin bo‘ladi.
Ayni paytda ishlab chiqaruvchilar loyiha uchun 1 694 705 dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Top