08:54 / 25.05.2015
6519

Al Arabia: Rossiya hamkor sifatida AQShdan ko‘ra “chaqqonroq”, qurol-aslahasi esa samaraliroq

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyning Moskvaga yaqinda uyushtirgan tashrifi hamkor sifatida Rossiyaning AQShdan ko‘ra “chaqqonroq” ekanligini ko‘rsatadi, deb yozmoqda Al Arabia nashri.

Iroq bugungi kunda o‘z chegaralariga IShID terrorchilik guruhining borgan sari ichkariroq kirib borayotgani sababli og‘ir vaziyatda qolmoqda.

Jangarilarni to‘xtatish uchun Iroqka “iloji boricha tezroq” samarali qurol-aslaha talab etilmoqda, deb hisoblamoqda Iroq siyosatchi eksperti va Iroq rivojlanish va demokratiya jamg‘armasi rahbari Xasan Attiya. Uning ta'kidlashicha, Iroq bosh vaziri AQSh unga va'da qilgan qurol-aslahani yetkazib berishini oylab kutib o‘tira olmaydi. Iroq armiyasining iste'fodagi zobiti Amir al-Saadiyning aytishicha, bu qurol-aslaha Iroqqa juda kam miqdorda berilmoqda.

Attiya Rossiya Iroqqa to‘lovni orqaga surish sharti bilan qurol-aslaha taqdim qilishga tayyorligini ta'kidlamoqda.

Bundan tashqari, AQSh Iroqqa qurol-aslaha yetkazib berish bo‘yicha Bog‘dodga ko‘proq siyosiy bosim o‘tkazish maqsadida ko‘plab shartlarni qo‘ymoqda. Yaqindagina AQSh Iroqqa sunniychi jangarilar va Peshmerg kurd tuzilmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berishni taklif qildi va bu bilan Iroq markaziy hukumatining g‘azabini keltirdi.

Saadiyning ta'kidlashicha, Rossiya qurol-aslaha uchun to‘lov bo‘yicha ancha yengilroq shartlarni taklif qilmoqda va zarur bo‘lgan qurol-aslahani “bir necha soat ichida” yetkazib berishi mumkinligini aytmoqda. Iroqlik harbiy Rossiya qurol-aslahasining AQShnikidan ancha ustunroq ekanligini ta'kidlamoqda.

Attiyaning ta'kidlashicha, Iroq bosh vaziri Rossiyaning dunyoda o‘z nufuziga egaligi sababli Iroqdagi vaziyatni hal qilishning siyosiy yo‘lini topishda ishtirok etishiga ko‘ndirishga haraqat qilib ko‘rdi.

Top